Rim papasi rohibalarni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirmaslikka chaqirdi

Jahon 20:21 / 25.07.2016 5808

Rim papasi Frantsisk katolik rohibalarga o‘z vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarga sarflamaslik chaqirig‘i bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda The Independent.

Papa rohibalarni ijtimoiy tarmoqlar o‘zida xavf yashirishi va diniy majburiyatlarni bajarish, hayotni anglash va mushohada qilishdan chalg‘itishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bundan tashqari, papa internetdan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi.     

Shu bilan birga pontifik smartfon, planshet va noutbuklar muloqot uchun zarur qurilmalar ekanini tan olmoqda, biroq ular bilan ishlash muhim narsalardan chalg‘itishi mumkin. Pontifik 2014 yilda yoshlarni internetda kamroq vaqt o‘tkazishga chaqirgandi.    

"Ular yomon ta'sir ko‘rsatmasligi va mushohada qilishga yo‘lingizda to‘siq bo‘lmasligi kerak", deb qo‘shimcha qildi papa.

Avvalroq papa Vatikanda Apple rahbari Tim Kuk bilan uchrashganda internetni "tangri in'omi" deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: