Mercedes-Benz kompaniyasi keyingi yilda AMG kompaniyasining 50 yillik yubileyi sharafiga chiqariladigan giperkar yaratmoqchi. Yangi mashina Mercedes-AMG R50 deb nomlanadi. Bu haqda Autobild jurnaliga iqtibos keltirgan holda GTSpirit nashri xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, giperkar umumiy quvvati 1300 ot kuchi atrofida bo‘ladigan gibrid kuch qurilmasi oladi. Uning tarkibiga oldingi g‘ildiraklarning aylanishi uchun javob beradigan 150 ot kuchiga ega ikkita elektromotor va o‘qlar o‘rtasida joylashadigan 2 litrli, 4 silindrli benzin dvigateli kiradi. Avtomobil og‘irligi 1300 kg ni tashkil qiladi.
Ikki o‘rindiqli giperkar karbon monokok, ugleplastikdan yasalgan katta o‘lchamli orqa aksqanot, to‘liq boshqariluvchi shassi va har bir g‘ildirakni alohida nazorat qiluvchi moslashuvchan podveska oladi.
Yangi mashina Bugatti Chiron hamda Aston Martin va Red Bull hamkorligida yaratilayotgan giperkarga raqobatchi bo‘ladi. Mashina cheklangan nusxada chiqariladi, narxi esa 2-3 mln yevrogacha yetadi.