Liviya IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiyaga qo‘shilmoqchi

Jahon 22:51 / 25.07.2016 5458

Liviya IShIDga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 25 iyulda Liviya milliy birdamligi hukumati rahbari Fayoz as-Sarroj Mavritaniyadagi Arab davlatlari ligasi sammiti ochilishidagi nutqida aytib o‘tdi.    

BMT qo‘llab-quvvatlovida yaratilgan hukumat taraf kuchlar 2016 yil may oyidan Sirtda IShIDga qarshi operatsiya olib bormoqda. 

"Biz Islom koalitsiyasidagi rolimizni faollashtirishga hamda IShIDgaqarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilishga qaror qildik", deb aytdi as-Sarroj.

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 2014 yildan beri Iroq va Suriyada harakat qilib keladi.

Arab davlatlari ligasining 27-sammiti 25 iyulda Mavritaniya poytaxti – Nuakshotda ochildi. "Umid sammiti" deb atalgan oliy darajadagi uchrashuv liga tarixida eng kam davlat yetakchilari tashrif buyurgan sammitlardan biri bo‘ldi – sammitga ligaga a'zo 21 davlatdan bor-yo‘g‘i 7 ta davlatninggina yetakchisi keldi. Qolgan davlatlar hukumat rahbarlari, vitse-prezidentlar va tashqi ishlar vazirlari darajasida taqdim qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: