Hindistonning «Bravo Pharma» kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan sog‘liqni saqlash sohasiga innovatsion yechimlarni tatbiq etish borasida hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yishadi.
2016 yilning 22 iyul kuni «Bravo Pharma» kompaniyasi Bosh direktori Rakesh Pandey rahbarligidagi delegatsiya a'zolari Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida Rakesh Pandey kompaniyaning O‘zbekistondagi va umuman butun dunyodagi faoliyati, shuningdek, kompaniya IUT bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Rakesh Pandeyning ta'kidlashicha, axborot texnologiyalari istalgan tarmoqning eng muhim qismlaridan hisoblanadi. Uning aytishicha, kompaniyaning innovatsion yechimlarni sog‘liqni saqlash sohasiga tatbiq etish borasida rejalari bor va bu loyihalarni kompaniya IUT bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi.
«Bravo Pharma» vakili shuningdek, iqtidorli talabalarni o‘qitish uchun grantlar ajratishga tayyor ekanligini bildirdi.