Xitoyda yangilangan Mitsubishi Lancer suratga olindi

Fan-texnika 23:23 / 25.07.2016 6565

Xitoyning Autohome nashri ixtiyorida Xitoy bozori uchun maxsus tayyorlangan, yangilangan Mitsubishi Lancer mashinasining josuslik suratlari paydo bo‘ldi. Yangi mashina tashqi tomondan 2015 yil kuzida chiqqan amerikancha "Lanser"dan ancha farq qiladi. 

Xitoy uchun chiqarilgan "Lanser" umuman o‘zgacha old va orqa qismlar hamda yon tomon shtampovkalarini oldi. Mashina tashqi ko‘rinishi dizayni Mitsubishi’ning hozirgi umumkorporativ uslubiga mos holga keltirildi. Model X-simon radiator panjarasi, xromlangan elementlarga ega old bamper oldi, orqa chiroqlar shakli o‘zgartirildi.

Sedanning ichki ko‘rinishi ham to‘liq o‘zgargan. Xitoy uchun chiqarilgan "Lancer" boshqa davlatlar uchun chiqarilganlaridan uzatmalar qutisi dastagi dizayni va old panel artixekturasi bilan farqlanadi. Xususan, iqlim-nazorati bloki o‘zgartirilgan va multimedia tizimi ekrani kichraytirilgan.

Xitoyda mashina 2016 yil oxirigacha sotuvga chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: