25 iyulda Estoniya poytaxti – Tallin yaqinidagi Emari aviabazasiga AQSh harbiy-havo kuchlarining 8 ta A-10 Thunderbolt shturmchi samolyoti ikki haftalik mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun yetib keldi, deb ma'lum qilindi Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabida.
Samolyotlar Missuri shtatidagi Uaytmen aviabazasida joylashgan AQSh qiruvchi samolyotlar 303-eskadrilyasi tarkibiga kiradi. Samolyotlar Estoniyada 8 avgustgacha bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Ish kunlarida samolyotlar Emaridan bort pushkalaridan otish va mashg‘ulot bombalarini tashlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tadigan, mamlakat qurolli kuchlari markaziy poligoniga parvoz qiladilar. Samolyotlarda shuningdek past balandliklarda Estoniya havo hududida parvozlar amalga oshiriladi.