Erdo‘g‘an dam olayotgan mehmonxonaga hujum qilgani uchun hibsga olingan harbiylar soni 7 kishiga yetdi

Jahon 21:59 / 25.07.2016 8024

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlat to‘ntaruviga urinishdan avval oilasi bilan dam olayotgan Marmarisdagi mehmonxonaga hujum qilgan 7 nafar harbiy Marmarisda qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda NTV telekanali. 

Telekanal mehmonxonaga hujum qilishda ishtirok etgan yana 3 nafar harbiyning qo‘lga olinganini ma'lum qildi.   

Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinish sodir etilgan kechada isyonchi harbiylar Erdo‘g‘an dam olayotgan mehmonxonaga hujum qilganlar. Hujum Erdo‘g‘an mehmonxonani tark etgandan bir necha daqiqa keyin amalga oshirilgan. 

Qolgan ishtirokchilarni qo‘lga olish uchun hududga politsiyaning qo‘shimcha kuchlari yuborilgan. Hujumni amalga oshirishda hammasi bo‘lib 27 harbiy gumon qilinmoqda.

Avvalroq 4 nafar qochoq harbiy Marmarisdagi yo‘lda tekshiruv vaqtida qo‘lga olingandi, yana 3 nafari Marmaris-Mugla yo‘li yonidagi o‘rmonda yashirinib yurgan.

Ko‘proq yangiliklar: