AQShning eng yirik moliyaviy konglomeratlaridan biri – Citigroup tahlilchilari Rossiya valyutasi o‘z qiymatidan 11 foizga yuqori baholanib yuborilganini aytishmoqda. Bu haqda Rossiya bozori sharhiga iqtibos keltirgan holda RNS xabar bermoqda.
Tahlilchilarning fikricha, Rossiya valyutasi yo yaqin orada neft narxlarining navbatdagi pasayishi bilan bog‘liq holda pastlab ketadi, yo neft narxlari bir barrel uchun 52 dollar narxga qaytadi.
"O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin: neft narxlari 2016 yilning 2-yarmida Citi prognoz qilgandek, Brent uchun 52 dollargacha oshishi mumkin, rubl esa barqaror qoladi; yoki rubl 5-10 foizga qadrsizlanishi mumkin", deb aytmoqdalar tahlilchilar.
Tahlilchilar rublning hozirgi mavqeini "daromadlikka global talab va Rossiyadagi nisbatan makroiqtisodiy barqarorlik" bilan bog‘lashmoqda. Biroq tashqi qarzlarni to‘lash zaruriyati rublga bosim o‘tkazadi. Citi’ning baholashicha, Rossiya kompaniyalari 10 mlrd dollarga yaqin tashqi qarzni uzishlari kerak bo‘ladi.