Belaruslar Snoudendan avval smartfon uchun himoya g‘ilofini yaratdilar

Fan-texnika 19:32 / 25.07.2016 5262

"Belneftexim" belarus kompaniyasi smartfon uchun qurilma ortidan kuzatishga to‘sqinlik qiluvchi g‘ilofni taqdim qildi. Bu haqda konsern saytida ma'lum qilindi. 

G‘ilof "Belneftexim" tarkibiga kiruvchi "SvetlogorskXimvolokno" korxonasi tomonidan yaratilib, 2016 yil mayida namoyish qilingan. Korxona ayni vaqtda o‘z ixtirosi uchun patent olmoqda. Kompaniyada patent olish uchun ariza 2015 yilda berilgani va ekspertiza jarayonidan o‘tayotgani ma'lum qilindi. Korxona patentni 2017 yilda olishni kutmoqda.  

Smartfon uchun himoya g‘ilofi viskoza asosidagi uglerod materialidan tayyorlangan. Material keng chastotalar diapazonidagi (0,15 dan 1000 MGts) elektrmagnit nurlanishni qaytarish imkoniga ega. Shu tariqa, g‘ilofdagi telefonni GSM va GPS signali orqali topib bo‘lmaydi.

Snoudenning ixtirosidan farqli ravishda, belarus korxonasi g‘ilofi cho‘ntak ko‘rinishida ishlangan. Sobiq josus Snoudenning g‘ilofi esa qurilmaning orqa qopqog‘iga mahkamlanib, SIM-karta sloti orqali ulanadi.

Ko‘proq yangiliklar: