Anadolu agentligi davlat to‘ntarishiga urinish voqealariga bag‘ishlangan kitobni nashrdan chiqardi

Jahon 21:06 / 25.07.2016 4142

Anadolu davlat axborot agentligi 15 iyul oqshomidagi voqealar va keyingi kunlarda ro‘y berayotgan jarayonga bag‘ishlab, turk va ingliz tillarida "Davlat to‘ntarishiga urinish: Qadamma-qadam" deya nomlangan kitobni nashrdan chiqardi.

Anadolu agentligining marketing ishlari bo‘yicha direktor Zemchi Zyuberning ma'lum qilishicha, kitobni nashr qilishdan maqsad demokratiyaning g‘alabasini tarannum etish, bu yo‘lda halok bo‘lgan qahramonlar xotirasini fotomateriallar orqali abadiylashtirish hisoblanadi. 

Kitobda isyonchilarga qarshi o‘tkazilgan mitinglardan reportajlar, dunyo siyosatchilarining Turkiyadagi voqealarga munosabatlari, mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning xalqaro miqyosdagi nashrlar uchun bergan intervyulari, hibsga olingani isyonchilar yetakchilarining ro‘yxati, qo‘lga olish ishlari bo‘yicha statistik ma'lumotlar, Anqara va Istanbuldagi to‘qnashuvlarga oid fotoreportajlar keltirilgan.

Anqara shahridagi Qizilo‘rda maydonida kitoblarni bepul tarqatish aksiyasi o‘tkazilgan. Bunday kitobdan jami 3 ming nusxa chiqarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: