Venesuela prezidenti Nikolas Maduro rafiqasining jiyani AQShga yirik hajmda kokain olib kirishda ishtirok etishganini tan olishdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
29 yashar Efran Antonio Kampo Flores 30 yashar Frantsisk Flores de Freytas bilan birga “Kolumbiyaning inqilobiy qurolli kuchlari” guruhidan yirik miqdorda kokain moddasini qabul qilib olishlari lozim bo‘lgan.
Ma'lum bo‘lishicha, davlat rahbarining qarindoshi ushbu giyohvandlik moddasini 5 mln dollarga sotishni mo‘ljallagandi.