O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Gonkong U-21’ni mag‘lub etdi

Sport 06:20 / 24.07.2016 8290

Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Singapur futbol uyushmasi tomonidan tashkil etilgan, 21 yoshgacha futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqa doirasida Gonkong U-21 terma jamoasini mag‘lub etdi.

Singapur, Gonkong, Eron hamda O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari ishtirok etgan FAS U-21 International Challenge Cup 3-o‘rini uchun kechgan uchrashuvda O‘zbekiston U-19 raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Suxrob Nurilloyev, Saidjamol Davlatjonov hamda Xojakbar Alijonovning 1-bo‘limdagi  gollari evaziga O‘zbekiston tanaffusga yirik hisobdagi ustunlik bilan chiqib ketdi.

2-bo‘lim avvalida Doston Ibragimov O‘zbekistonning yana bir goliga mualliflik qildi. Shundan so‘ng boshqa gollar bo‘lmadi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi shu g‘alaba evaziga musobaqaning 3-o‘rinini egalladi.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston U-19 uchun 2016 yilning 13–30 oktabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi vazifasini o‘tab berdi.

FAS U-21 International Challenge Cup

O‘zbekiston U-19 – Gonkong U-21 4:0

Gollar: Suxrob Nurulloyev (12), Saidjamol Davlatjonov (23), Xojakbar Alijonov (45+1), Doston Ibragimov (53)

Ko‘proq yangiliklar: