Uelslik o‘quvchilar Fransiyada avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida jabrlandilar

Jahon 07:47 / 24.07.2016 3190

Fransiyaning Lon-le-Sone shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi yo‘l tashqarisiga chiqib, to‘ntarilib ketdi. Avtobusda Italiya tomon ketayotgan britaniyalik o‘smirlar bo‘lgan, deb yozmoqda Daily Post North Wales. 

Uels kompaniyasiga tegnishli avtobusda 48 kishi bo‘lgan, ulardan ko‘pchiligini 14-17 yoshli o‘smirlar tashkil qilgan. Shveytsariya chegarasi yaqinida yuz bergan ushbu avtofalokatda 15 kishi jabrlandi, voqea joyiga ikkita tibbiy vertolyot uchib ketgan.  

Forin-ofis (Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vzairligi) vakili mamlakat hukumati mahalliy hukumat bilan aloqada ekanligini ma'lum qildi. Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: