Solar Impulse 2 samolyoti dunyo bo‘ylab sayohatining yakunlovchi bosqichini boshladi

Fan-texnika 07:25 / 24.07.2016 3934

Quyosh energiyasida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti Qohiradan Abu-Dabiga parvozini boshladi. Bu bosqich samolyotning dunyo bo‘ylab sayohatining ikki kunlik yakunlovchi bosqichidir.

Samolyot uchuvchisi Bertran Pikar parvozdan avval uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Eslatib o‘tamiz, samolyotning parvozi Pikar sog‘lig‘idagi kichik muammolar sababli bir necha kunga qoldirilgandi. 
Pikar SI 2 samolyotining yaratilishidan maqsad dunyoni yaxshiroq qilish va odamlarni kashfiyotchilar bo‘lishga undashdan iborat ekanligini aytdi. 

Samolyot parvozi efirga uzatilishi loyiha saytida parvozlarni boshqarish markazi va aeroportdan hamda tvitterda olib borilmoqda. 

Parvozni FlightRadar treking xizmati yordamida kuzatish mumkin.

Samolyot o‘z sayohatini 2015 yil 9 martda Abu-Dabi shahridan boshlagan. Uni navbatma-navbat ikki uchuvchi – Bertran Pikar va Andre Borshberg boshqarib borgan. Qohiradan Abu-Dabiga parvoz sayohatning 17-bosqichi bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: