387 nafar sportchidan iborat Rossiya terma jamoasi doping qoidabuzarliklariga jazo tariqasida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga bormaydigan bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Mail gazetasi.
Nashrning vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiyani "davlat doping dasturi" uchun to‘liq tarkibda jazolamoqchi.
Qo‘mitadagi manbaning aytishicha, Rossiya terma jamoasini Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiadadan ham chetlashtirish haqida o‘ylanmoqda. XOQda "doping butun sportga hujum" ekanligini ko‘rsatib qo‘yishmoqchi.
Avvalroq Rossiya Olimpiya qo‘mitasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasiga Rossiya terma jamoasining to‘liq tarkibini tasdiqlatgani yuborgani ma'lum qilingandi.
24 iyulda XOQ ijroiya qo‘mitasi Rossiya terma jamoasining Olimpiadada ishtiroki bo‘yicha qaror qabul qiladi.