Yarim millionga yaqin britaniyalik davlat xizmatchisi terrorizmga qarshi kurash dasturida tayyorgarlikni o‘tadi. Ushbu kurslar ularga o‘z ish joylarida favqulodda holatlarda zarur choralar ko‘rishlariga yordam beradi. Bu haqda Independent nashri yozmoqda.
Buyuk Britaniya IIV ma'lumotiga asoslanib, gazetaning ma'lum qilishicha, davlat sektorlaridagi 550 ming xodim mazkur dastur doirasida tayyorgarlikdan o‘tgan. 150 ming nafar davlat xizmatchisi esa sog‘liqni saqlash milliy xizmatida tayyorgarlik o‘tagan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, dastur kurslarini o‘tagan har bir qatnashchi onlayn yoki auditoriyada zarur mashg‘ulotlarni bajarishgan. Mashg‘ulotlar radikalizatsiya va ommaviy qirg‘inlarning oldini oluvchi davlat strategiyasiga uyg‘un tarzda tashkillashtirildi. Mazkur strategiya bosh vazir Tereza Mey IIV rahbari sifatida faoliyat yuritgan vaqtda qabul qilingan edi.