"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino dunyo ahli "mukkasidan ketgan" Pokemon Go o‘yini ta'siriga tushmadi va jamoasi ham bundan xoli bo‘lishini istamoqda.
"Joze futbolchilar va jamoaning boshqa xodimlari bilan yaxshi aloqada va ularning o‘yin va mashg‘ulotlardan tashqari vaqti ko‘ngildagidek o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Uni xavotirga solayotgan yagona narsa, pokemonlar bilan bog‘liq gaplar. U o‘yin boshlanishiga 48 soat qolganida shogirdlari barcha qiziqishlarini chetga surib, faqat oldindagi o‘yin haqida qayg‘urishini istaydi", - deya klubdagi manbadan iqtibos keltirgan holda xabar bergan Daily Star nashri.
Manba: Tribuna.uz