Mahalladoshining umriga zomin bo‘lgan yigit uzoq muddatga qamaldi

Jamiyat 00:45 / 24.07.2016 12605

2006 yil. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Miraki qo‘rg‘onchasida istiqomat qiluvchi Sarvar o‘sha kuni qo‘rg‘onchadagi maktabga borib, jismoniy mashq qilgan bo‘ladi va u yerdan chiqib do‘konga kiradi. Bir shisha aroqni bo‘shatgan Sarvar mast holatda mahallada tarvuz sotayotganlarning yoniga yaqinlashadi. U yerda besh-olti yigit gaplashib o‘tirgan edi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Bu paytda uning mahalladoshi, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashib, sog‘lig‘idan ayrilgan, 2-guruh nogironi Razzoq Merganov qo‘ylarini boqib qaytayotgan edi. Kayfi taroq Sarvar uni ko‘rib, yoniga chaqiradi. Bolasi tengi, buni ustiga ichgan yigitga teng kelishlikni o‘ziga ravo ko‘rmagan Razzoq Merganov yo‘lida davom etadi. Bundan g‘azablangan Sarvar unga tashlanadi va tayoq bilan Razzoq Merganovning bosh-ko‘ziga aralash uraveradi. Jabrdiydaning tinchib qolganini ko‘rgan yigit voqea joyidan qochib ketadi. Olgan jarohatlari sabab Razzoq Merganov jon taslim qiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan mazkur ish atroflicha ko‘rib chiqilib, Sharipovga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: