Los-Anjyelesdagi yong‘inni o‘chirishga chog‘langan 900 o‘t o‘chiruvchi ikki kun ichida uning 10 foizini o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi

Jahon 15:19 / 24.07.2016 9969

AQShning Los-Anjyeles shimolida yuzberayotgan yong‘inlar sabab ko‘chirilgan xonadonlar soni 1,5 mingga yetdi. Bu haqda “Assoshieyted Press” xabar bermoqda.

Avval 300 xonadon ko‘chirilgani haqida aytilgan edi.

Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in 8 ming gektardan ziyod yerni qurshab olgan. Yong‘inga qarshi kurashish maqsadida izmida vertolyotlar biriktirilgan 900 nafar o‘t o‘chirish xizmati xodimlari biriktirilgan. Hozirgacha yong‘inning 10 foizi o‘chirilgan xolos.

"Bu bir yo‘nalishda sodir bo‘layotgan yong‘in emas, shamol uning yo‘nalishini o‘zgartirib, turli joylarga olov ketishiga sababbo‘lmoqda. Olov istagan ishini qilmoqda", — dedi AQSh yong‘in xizmati vakili Natan Judi.

Qutqaruvchilar bir uyning ichidan kuygan jasadni olib chiqishgan, ammo marhum aynan nimadan o‘lganligiga oydinlik kiritilmagan.

Los-Anjyelesning shimoli-g‘arbidagi yong‘in 22 iyuldan beri davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: