Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk xalqiga "mamlakatdagi vaziyat borasida osoyishtalik saqlash" chaqirig‘i bilan murojaat qildi. Erdo‘g‘anning murojaati jonli efirda "Al-Arabiya" telekanali orqali ketdi.
Erdo‘g‘an Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin hibsga olingan harbiylar va fuqarolar 13156 kishini tashkil qilgani, ular orasida 126 general borligini aytib o‘tdi.
Prezident barcha davlat tuzilmalarini Fathulla Gulen tarafdorlaridan tozalashga va'da berdi.
"Mamlakat kasallikdan forig‘ bo‘ldi va tuzalmoqda. Turkiya iqtisodiyoti barqarorlikni saqlab qolmoqda va rivojlanmoqda. Bizni oldinda ko‘plab muhim loyihalarni amalga oshirish kutmoqda", deb aytdi Erdo‘g‘an.