Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda ayblanayotgan muholif imom Fathulla Gulenning qarindoshi hibsga olindi, deb xabar bermoqda Haber Turk.
Muhammad Said Gulen davlat to‘ntaruviga urinish ishi bo‘yicha Erzurum shahrida hibsga olindi.
Avvalroq Gulen AQShni Turkiyaga uni ekstraditsiya qilishni rad etishga chaqirgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat hukumati AQShga imomning berilishi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishini ma'lum qilgandi.