Turkiya hukumati FH tartibi munosabati bilan yangi choralarni joriy qilmoqda

Jahon 13:15 / 23.07.2016 6881

Turkiya hukumatining "Favqulodda holat tartibi doirasida qabul qilinayotgan choralar to‘g‘risida"gi qarori Resmi Gazetening 23 iyul kungi sonida chop etildi. 

Unga ko‘ra, FH davrida ushlangan shaxs 30 kundan ortiq qamoqda saqlanishi mumkin emas. Bu muddatga ushlangan shaxsni yaqin oradagi sudga olib kelish uchun sarflangan vaqt kirmasligi alohida ta'kidlangan.

Sog‘liqni saqlash sohasining 35ta, 1043 ta xususiy ta'lim, turarjoy va pansionat muassasasi faoliyatiga barham berilgan. 1229 ta jamoat tashkilotlari va jamg‘armalar, 19ta kasaba uyushmalari, federatsiyalar va konfederatsiyalar, jamg‘armalar tomonidan tashkil etilgan 15 Oliy o‘quv yurti ham yopilgan. 

Davlat xavfsizligiga rahna soluvchi terrorchi tashkilotlar va tuzilmalar, ta'lim va guruhlarga aloqadorligi tasdiqlangan davlat xizmatchilari vazifalaridan ozod etiladi va umrbod davlat xizmatiga olinmaydi. 

Ma'lumki, 16 iyul kungi davlat to‘ntarishiga harbiy urinishdan so‘ng, Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an mamlakatda favqulodda holat tartibini joriy qilgan edi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, FH tartibi isyonda ishtirok etganlarga nisbatan tezkor va samarali choralar ko‘rish maqsadida 3 oy muddatga amalga kiritilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: