Tunis prezidenti 1605 nafar mahbusga nisbatan amnistiya qonunini imzoladi

Jahon 10:20 / 23.07.2016 6493

Tunis Respublikasi prezidenti Beji Qoyid as-Sebsiy 1605 nafar mahbusga nisbatan amnistiya qonuniga imzo chekdi. Bu haqda 23 iyul kuni davlat rahbari ma'muriyati ma'lum qilgan.

"Tunis prezidenti Beji Qoyid as-Sebsiy 23 iyul kuni mamlakat adliya vaziri Umar Mansur bilan uchrashdi. Uchrashuvda Tunis Respublikasining 60 yilligi munosabati bilan mahbuslarni kechirish haqida gap yuritildi, - deyiladi hujjatda.

– Davlat rahbari 1605 nafar mahbusni kechirishga ahd qildi. Bunga muvofiq 876 kishi ozodlikka chiqarildi, 729 nafar kishining esa jazosi yengillashtirildi".

Ma'lumot uchun: 1957 yilning 25 iyul kuni mamlakatda monarxiya tugatilib, Tunis Respublikasiga asos solingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: