Surunkali yomg‘irlar 100dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Jahon 17:26 / 23.07.2016 6381

Xitoyning Xebey viloyatida to‘xtovsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 105 kishi nobud bo‘ldi, deb yozmoqda "Chjungo tsinnyan bao" gazetasi mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga tayangan holda. 

Surunkali yomg‘irlar boshlangan 18 iyuldan beri 104 kishi bedarak yo‘qolgan. Umuman, Xebey viloyatidagi tabiiy ofatdan 8,93 million kishi jabr ko‘rgan. 

Talofat yetgan tumanlardan 307 ming kishi ko‘chirilgan. 52 ming bino vayron bo‘lib, 160,7 mingtasi zararlangani xabar qilinmoqda. 

Yetkazilgan iqtisodiy talofat 15,34 milliard yuanga (2,3 milliard AQSh dollari atrofida) baholanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: