Dilshod Abdusaidov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 18 yoshida Rossiya davlatida ishlab yurgan kezlarida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Abdulloh” nomli profil egasining sahifasida Suriya davlatida bo‘layotgan holatlarni ko‘radi. Yana bir sayt orqali esa bir nechta jangari roliklarni, ekstremistik guruhlarning ma'ruzalarini tomosha qiladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Rossiya davlatidan kelgach, o‘zi bilan yashirin olib kelgan ekstremistik ruhdagi ma'ruzalarning elektron shaklini yaqin tanishlari Mamayusuf Mahmudov, Said Hotamboyev, Isoq Roziqov, Hasan Yo‘ldoshev, Shodmon Nosirov hamda Mansur Isroilovga qo‘yib beradi.
Bora-bora guruhga M.Mahmudov boshchilik qiladi va o‘zlarini “jihodchilar” deya nomlashadi. Bu kimsalar Suriyaga “jihod” amallarini bajarish uchun chiqib ketishni rejalashtiradi.
Biroq bu shaxslar qabih niyatlariga yeta olmadilar. Qilmishlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi. Sud hukmi bilan ularga tegishli jazo tayinlandi.