Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Jahon 12:25 / 23.07.2016 8497

Rossiyalik oddiy askar Nikita Shevchenko Suriyaning Halab proventsiyasida halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati va axborot boshqarmasi xabar bermoqda.

"Suriya arab respublikasining Halab provinsiyasida kolonnani kuzatib borish jarayonida Rossiya qurolli kuchlari tarkibida shartnoma asosida xizmat qilayotgan Nikita Shevchenko halok bo‘ldi… ", — deyiladi xabarda.

Harbiy xizmatchi mahalliy aholiga oziq-ovqat va ichimlik suvi olib ketayotgan kolonnani o‘z avtomobilida kuzatib borgan. Aholi punktlaridan birida qo‘lbola tayyorlangan portlovchi modda ishga tushirilgan. Rossiyalik harbiy tibbiyot xodimlari og‘ir yaralangan Shevchenkoning hayotini saqlab qolishga harakat qilishgan, ammo u jon taslim qilgan.

Oddiy askar Shevchenko davlat mukofotiga tavsiya qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: