Portugaliyada Krishtianu Ronaldu ismi bilan aeroport nomlanadi

Jahon 07:56 / 23.07.2016 6531

Portugaliya terma jamoasining hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu sharafiga Madeyra aeroporti uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi.  

Publico nashrining ma'lum qilishicha, bu haqda Madeyra hududiy hukumatining raisi Migel Albukerke ma'lum qildi. Aeroportning qayta nomlanishini orolning hududiy kengashi a'zolari qo‘llab-quvvatladilar. Endi aeroport "Krishtianu Ronaldu nomidagi Madeyra aeroporti" deb nomlanadi.      

«Ronalduga bildirilgan milliy minnatdorchilik abadiy bo‘lmasligi mumkin, biroq Madeyrada abadiy bo‘ladi", deb aytdi Albukerke.

Ronaldu Yevropa chempionatida jamoasi bilan zafar quchgandan keyin o‘zi tug‘ilgan va 12 yil yashagan orolga o‘z brendi ostida Pestana CR7 mehmonxonasini ochgani kelgan edi. Xuddi shu rusumdagi yana uchta mehmonxona Lissabon, Madrid va Nyu-Yorkda ochiladi.

"Portugaliyaga ishonch va investitsiya uchun rahmat. Dunyoga Portugaliyani ko‘rsatganing uchun rahmat", deb minntdorchilik bildirdi futbolchiga sayyohlik bo‘yicha davlat kotibi Ana Mendes Godinyu.

Ko‘proq yangiliklar: