Myunxenda sodir etilgan otishmada halok bo‘lganlarning olti nafari voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Xubertus Andre ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda N24.
Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma vaqtida ikki nafar 15 yosh, uch nafar 14 yosh,shuningdek, bir nafar 17 yosh o‘smir halok bo‘lgan.
Andrening ta'kidlashicha, qolgan qurbonlarning yoshi 19, 20 va 45 yoshlarda bo‘lgan. Merganning yoshi esa 18 da bo‘lgan.