Myunxendagi otishmada Turkiya va Gretsiya fuqarolari halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Jahon 18:52 / 23.07.2016 5762

22 iyul kuni Myunxenda sodir bo‘lgan otishmada uch nafar Turkiya fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li 23 iyul kuni NTV telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Bizning uch fuqaromiz halok bo‘ldi, - dedi u. – Bular 15 yashar Jon Leyla va Selchuk Qilich, shuningdek, 1971 yilda tug‘ilgan Sevda Dog‘lardir".


Bundan tashqari, Gretsiya TIV rahbari ham ushbuotishmada mamlakatning bir fuqarosi halok bo‘lganligini aytib o‘tgan.

Gretsiya TIVda mamlakatning Myunxendagi bosh konsuli Germaniya hukumati bilan tovon haqida kelishuvga erishish uchun barcha choralarni ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: