Nemis politsiyasi Myunxendagi otishmadan so‘ng terakt versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Gazeta.ru ma'lum qildi.
Myunxenda yashovchi ayolning nashrga ma'lum qilishicha, politsiya shaharda terroristik xavf mavjudligini e'lon qilgan.
“Gap politsiyadan qochib yurgan uch nafar qurolli jinoyatchi haqida ketmoqda. Biz uyda bo‘lishimiz zarur. Shahar uzra vertolyotlar harakatlanmoqda”, - dedi u.
22 iyul, juma kuni kechqurun Myunxen savdo markazida noma'lum kimsa tomonidan o‘q uzilgan. Dastlab OAV 15 nafar kishining halok bo‘lganligi to‘g‘risida xabar qilgandi.
Politsiya butun shahar bo‘ylab maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Transportlarning harakati to‘xtatilgan, shu jumladan, metro harakati ham.