Moskvadagi "Voykovskaya" metro stansiyasida gaz portladi

Jahon 23:21 / 23.07.2016 8028

Moskvadagi "Voykovskaya" metro stansiyasida gaz quvuri germetikligi yo‘qolishi oqibatida portlash yuz berdi. Bu haqda 23 iyulda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Agentlikka huquq-tartibot muassasalarida ma'lum qilinishicha, gaz quvuri germetikligi yo‘qolishi Leningrad shossesi hamda Zoya va Aleksandr Kosmodemyanskiy ko‘chalari kesishmasidagi yer osti kommunikatsiyasida yuz bergan. 

Ma'lum qilinishicha, voqea metroga o‘tiladigan yer osti o‘tish joyiga kiraverishda yuz bergan. 

Moskva metropoliteni matbuot xizmatida favqulodda vaziyat tufayli stansiyaning janubiy vestibyuli qisman yopib qo‘yilgani ma'lum qilindi. 

Shuningdek, gaz portlagan joydan olingan video Youtube portalida joylashtirilgan. Videoda favqulodda vaziyatlar vazirligining ko‘plab mashinalari va tez yordam mashinalarini ko‘rish mumkin.  

Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagani ma'lum qilingan.

 

Ko‘proq yangiliklar: