Konyuxov havo sharidagi dunyo bo‘ylab sayohatini yakunlamoqda

Jamiyat 11:17 / 23.07.2016 5272

Rossiyalik sayyoh Fedor Konyuxov, "Morton" havo sharida dunyo bo‘ylab sayohati yakunida Avstraliya sohillariga yetib keldi. U, 11 kun avval ushbu mamlakatdan sayohatga otlangan edi

Konyuxov o‘tirgan havo shari tushga yaqin qit'aning g‘arbiy shahri Pert chegarasini 6 km balandlikda kesib o‘tgan. Mahalliy aeroport aviadispetcherlari havo sharini RA-2900G raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Konyuxov 11 kundan ko‘proq vaqt mobaynida 34650 km masofani ortda qoldirgan, sayohati to‘liq bo‘lishi uchun Fyodor Nortxem shahriga yetib borishi kerak. U ayni shahardan havoga ko‘tarilgan edi.

Fedor Konyuxov "- 40 darajali" sovuqda havo sharida qolib ketdi 

Mashhur sayyoh Konyuxov havo sharida dunyo bo‘ylab sayohatini boshladi

Ko‘proq yangiliklar: