Iroq poytaxti Bag‘doddan shimolda joylashgan Salohiddin viloyatida ikkita portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jabrlandi, deb mahalliy xavfsizlik xizmatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Ikkala portlash Bag‘doddan 280 km uzoqlikdagi Shirkat shahrida yuz berdi. Birinchi portlashda terrorchi-xudkush shaharni tark etayotgan qochqinlar orasida portlovchi qurilmani harakatga keltirishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlardan ko‘pchiligi ayollar va bolalar bo‘lgan. Yana 9 kishi jarohat olgan.
Ikkinchi holatda yo‘l chetidagi mina portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, kamida 10 kishi jabrlangan.
Manbaning aytishicha, portlashlarni IShID jangarilari uyushtirgan. Hujumlar terrorchilik guruhining zulmidan qochayotgan mahalliy aholiga qaratilgan bo‘lgan.