Hindiston TIV rahbari Sushma Svaraj yarim oy oldin Afg‘onistonda o‘g‘irlab ketilgan mamlakat fuqarosining ozod etilgani haqida ma'lum qildi.
"Men Judit D'Souza ozod etilganini xabar berishdan mamnunman. Qutqaruv va qo‘llab-quvvatlash uchun senga tashakkur Afg‘oniston", — deb yozgan u tvitterdagi o‘z sahifasida.
D'Souza 40 yoshli ayol bo‘lib, Kalkuttada yashagan. U 9 iyun kuni Qobulda o‘g‘irlab ketilgan edi. Ayol Aga Khan Development Network notijort tashkilotining xodimi hisoblanadi. u Afg‘onistonda ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi.