Buyuk Britaniya iqtisodiyoti so‘nggi yetti yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

Iqtisodiyot 08:30 / 23.07.2016 11138

Britaniya iqtisodiyoti 2007-2009 yillardagi jahon moliyaviy inqirozidan so‘ng ilk marotaba eng tez sur'atlarda pasayib bormoqda. Bunga mamlakatning Brexit bo‘yicha o‘tkazgan referendumi natijalari sabab bo‘layapti, deb yozgan mamlakatda chop etiladigan The Guardian nashri Markit tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga tayangan holda.

Gazetaning qayd etishicha, referendumdan so‘ng, iqtisodiy holatni kuzatish bo‘yicha olingan ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xizmat ko‘rsatish sohasidagi pasayish rekord darajani tashkil etgan, ishlab chiqarish 2013 yil fevralidan beri eng past ko‘rsatkichga yetgan. 

«Sohalardagi barcha muammolar u yoki bu ma'noda Brexit bilan bog‘liq», — deya Markitning bosh iqtisodchisi Kris Uilyamson so‘zlarini keltiradi gazeta. 

Tahlilchilarning fikricha, 2016 yilning uchinchi choragida Birlashgan Qirollik YaIM 0,4 foizga pasayadi. Chunki, Britaniya ishlab chiqarish umumiy indeksi iyun oyida 52,3 punktga, iyulda 47,4 punktga qulagan. Bu esa, kuzatuvlarning so‘nggi 87 oyidagi eng past raqamlardir. Ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichi ayni davrda 52,1 punktdan 49,1 punktgacha pasaydi.  

Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid raqam 88 oydagi eng past ko‘rsatkichga yetib, iyunda 52,3 punktni, iyulda 47,4 punktni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: