Malayziyaning Kuala Lumpur shahridan Pekinga MH370 parvozini amalga oshirayotgan va alaloqibat Hind okeanida yo‘qolgan havo kemasi komandiri fojiadan bir oy avval, o‘yidagi simulyatorida samolyotning so‘nggi parvoziga o‘xshash yo‘nalish bo‘yicha tayyorlangan, deb yozmoqda New York Magazine jurnali.
Nashr ixtiyoriga havo laynerining yo‘qolishi bilan Malayziya politsiyasi olib borgan tergov ishlariga oid hujjatlar nusxasi kelib tushgan. Ushbu mamlakat tergovchilari, AQSh FQBsidan Ahmad Shox Zaxariyning uy kompyuteridan olingan qattiq disklardagi ma'lumotlarni tiklashni iltimos qilgan.
Amerikalik mutaxassislar, 5ta qattiq diskdagi o‘chirilgan ma'lumotlar, xususan Microsoft Flight Simulator Xning seanslariga oid axborotlarni tiklashning uddasidan chiqishgan.
Ularning orasidagi bir parvoz yo‘nalishi tergovchilarda shubha uyg‘otgan. Simulyatordagi parvoz Kuala-Lumpurda boshlanib, Malakk bo‘g‘ozidan o‘tadi va chapga qayrilgan holda Hind okeani janubi tomon yo‘l oladi. Virtual «parvoz» okeanning janubiy qismida yoqilg‘i tugashi bilan poyoniga yetadi.
Ushbu virtual parvoz bilan MN370 reysining taxminiy parvozi o‘rtasida o‘xshashliklar ko‘p bo‘lsa-da, uning parametrlari unchalik bir-biriga uyg‘un emas. Xususan, samolyotning amaldagi parvozi kompyuterdagi manzilga ming kmlar yetmasdan tugagan.
Shu bilan birga, qayd etilishicha, uchuvchi uyida, shunchaki o‘ziga xos yangi yo‘nalishni modellashtirishni xohlagan bo‘lishi mumkinligi ham rad etilmayapti.