"Bavariya" futbol klubi Myunxenda sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlarga ta'ziya bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni noma'lum kimsa otishma sodir etdi. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida 9 yoki 10 kishi halok bo‘lgan. 20 kishi jarohatlangan. Ayrimlarining ahvoli juda og‘ir.
– Bizning xayollarimiz va hamdardligimiz Myunxendagi teraktda halok bo‘lganlar bilan. O‘zingizni ehtiyot qiling! – deyiladi matbuot xizmati qoldirgan ma'lumotda.