Bavariya bosh vaziri: Xavfsizliksiz ozodlik yo‘q

Jahon 14:20 / 23.07.2016 4781

GFR Bavariya federal yerligi bosh vaziri Xorst Zeyexofer mintaqaning xavfsizligi uchun kurashishga chaqirdi, chunki usiz erkinlik va ozodlik bo‘lmaydi, deb yozmoqda Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri.

«Biz xavfsizligimiz uchun barcha choralarni ko‘rishimiz lozim. Xavfsizliksiz ozodlik yo‘q», — degan bosh vazir. 

Bundan tashqari, Zeyexofer maxsus xizmat ishini ijobiy baholab, Myunxendagi otishma yuzasidan olib borgan tezkor choralari uchun ularga minnatdorchilik bildirgan. 

Bundan avvalroq, Myunxen politsiyasi shahar aholisiga o‘zaro yordam uchun tashakkur izhor qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: