Janubiy Koreya Hyperloop uchun yo‘l qurishni muhokama eta boshladi

Iqtisodiyot 09:08 / 22.07.2016 5793

Koreya Respublikasi Hyperloop vakuum poyezdi uchun yo‘l qurish imkoniyatini ko‘rib chiqa boshladi. Uning konsepsiyasi 2013 yilda amerikalik sarmoyador va ixtirochi Ilon Mask tomonidan taklif etilgan edi. 

"Ulsan fan va texnologiyalar instituti (UNIST) Hyperloop loyihasini amalga oshirish uchun asosiy texnologiyalarni ishlab chiqishni boshladi", - deyiladi OO‘Yu tarqatgan xabarda. 

Unda ta'kidlanishicha, mazkur loyihani hayotga tatbiq etish 5 yil davom etadi hamda xarajatlari 1,22 mln dollarga yaqin bo‘ladi. 

"Tadqiqotlar doirasida magnitli yostiqcha ustidagi poyezd harakatlanadigan  quvur ichidagi aerodinamik qarshilikni kamaytirish texnologiyalari ishlab chiqiladi", - deyiladi hujjatda. 

Nazariy jihatdan vakuumli quvur ichidagi poyezd 1200 km/soat tezlikda harakatlana olishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: