Venesueladagi «Makdonalds» non tanqisligi tufayli Big Maklar sotishni to‘xtatdi

Iqtisodiyot 09:12 / 22.07.2016 4221

Amerikaning «Makdonalds» restoranlar tarmog‘i Venesuelada Big Mak yemaklarini sotishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bunga, xom-ashyoni yetkazib berishdagi muammolar sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda El Universal. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, restoranlarda ushbu sendvichlarni tayyorlash uchun lozim bo‘lgan non-kulchalar yo‘q. 

Kompaniya boshqaruvida ma'lum qilishlaricha, bu vaziyat vaqtinchadir. 

«Venesueladagi shaxobchalar muammoni hal etish yo‘llarini qidirmoqda. Biz, o‘z me'yorlarimizga javob beradigan yetkazib beruvchini tanlaymiz», — deya oydinlik kiritgan kompaniya.

Avvalroq, «Makdonalds» qovurilgan kartoshka qalamchalarini sotishni to‘xtatgan edi. Bunga ham xom-ashyo tanqisligi sabab bo‘lgandi. 2015 yil yanvar-noyabr oylarida restoran mijozlariga kartoshka qalamchalari o‘rniga mahalliy yukki ildizmevasi qovurilgan yoki tuzlangan shaklda tortiq qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: