Vashington Gulenni topshirish uchun Anqaraga yordamini taklif etdi

Jahon 15:51 / 22.07.2016 13139

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbining bayonot berishicha,  rasmiy Vashington ma'muriyati AQShda istiqomat qilib kelayotgan Fathulloh Gulen ekstraditsiyasini so‘rashda yordam beruvchi xodimlarini Turkiyaga yuborishni taklif etmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

«Biz ularga so‘rovni qayta ishlashda yordam berishni taklif etdik, hatto agar ular rozilik bildirganda, bir guruh mutaxassislarimizni ham yuborardik», — deb ta'kidlagan Kirbi.

U shuningdek, bu kabi ekstraditsiyalar uchun jiddiy asoslar va dalillar lozimligini qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: