Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “Kitob olami” ma'rifiy majmualari tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ma'lum qilmoqda.
Ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, maktab uchun kerakli bo‘lgan, sifatli, milliy ma'naviyatimiz va ta'lim standartlariga mos keluvchi, eng muhimi, arzon, yoshlarbop hamda zamonaviy o‘quv anjomlarini aynan mana shu majmualardan topish mumkin.