Turkiya ta'lim vazirligi muholif imom Fathulla Gulen bilan aloqadorlik uchun butun mamlakat bo‘ylab 1669 ming xususiy ta'lim muassasasini yopadi, deb xabar bermoqda T24.
Xususan, 936 ta xususiy maktab, 449 ta talabalar yotoqxonasi va 284 ta boshqa xususiy ta'lim muassasasi yopiladi.
Vazirlik ushbu holat bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalarni joylarga jo‘natdi.
Avvalroq Turkiyada 626 ta ta'lim muassasasi yopilgani ma'lum qilingandi.