Skype servisi Android va Windows Phone operatsion tizimlarining eski versiyalarida qo‘llab-quvvatlanishdan mahrum bo‘ladi. Bu haqda servis blogida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, servis yangi "bulutli" arxitekturaga o‘tmoqchi va yangi funksiyalarni joriy qilishga tayyorlanmoqda.
Skype’ning yangi versiyasidan Windows Phone 8 va Android’ning 4.0.3 versiyasidan pastroq operatsion tizimga ega foydalanuvchilar foydalana olishmaydi. Bundan tashqari, blogda servis Android 4.0.3 va undan yuqori hamda Windows 7 va iOS 8’dan yuqori operatsion tizimlarda ishlashi aytilmoqda.
Avvalroq Microsoft kompaniyasi Skype VoIP-messenjeri orqali uzatish mumkin bo‘lgan fayllar hajmini 300 Mb gacha kamaytirgandi.