Rosaviatsiya 22 iyul yarimtundan avvalroq Turkiyaga muntazam reyslarga kiritilgan cheklovlarni bekor qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Rosaviatsiya bu haqdagi telegrammani aviakompaniya va aeroportlar hamda turoperatorlarga yubordi.
Maktubda cheklovlar Turkiya tomonidan taqdim qilingan "aviatsiya xavfsizligini ta'minlashda yuqori darajadagi choralarning qabul qilinishi kafolatlari bilan bog‘liq holda" olinayotgani aytilgan.
Avvalroq manbalar Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin kiritilgan parvozlarga taqiqlov bir kun ichida bekor qilinishi mumkinligini ma'lum qilgandilar.
Sayyohlik bozoridagi manbaning aytishicha, Rossiyadan Turkiyaga birinchi reyslar 23 iyulda boshlanishi mumkin. Biroq shu bilan birga charter reyslarga Rossiya harbiy samolyotining urib tushirilishidan keyin kiritilgan taqiqlov amal qilishda davom etadi.