Polsha Volin fojiasini genotsid sifatida tan oldi

Jahon 17:48 / 22.07.2016 9590

Polsha parlamentining quyi palatasi, Ukraina millatchilari tashkiloti va Ukraina isyonchi armiyasining 1943—1945 yillarda polyaklarga qarshi sodir etgan jinoyatlarini genotsid sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi

Polsha Seymi 11 iyulni Volin genotsidi qurbonlari xotirasi kuni deb e'lon qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqqan. 

«1943—1945 yillarda sodir etilgan xunrezliklar sabab 100 mingdan ortiq fuqaro o‘ldirilgan edi. Ularning aksariyati dehqonlar bo‘lgan», — deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida Polsha Senati «Huquq va adolat» hukmron partiyasi tomonidan taklif etilgan Volin fojiasida halok bo‘lganlarni genotsid qurbonlari deb tan olish to‘g‘risidagi loyihani ma'qullashni Seymga tavsiya qilgan edi. 

Ammo, rasmiy Kiyev bu voqealarga boshqacha yondashadi. 2015 yili Ukraina Oliy radasi Ukraina millatchilari tashkiloti va Ukraina isyonchi armiyasini mustaqillik uchun kurashuvchilar sifatida tan olgandi. 

Ekspertlarning fikricha, Seymning 11 iyulni Polsha xalqini genotsid qilish qurbonlari xotirasi kuni deb e'lon qilish Polsha-Ukraina munosabatlarini taranglashtirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: