Polsha IShIDga qarshi kurashda qatnashishi darkor

Jahon 18:29 / 22.07.2016 4637

Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy, IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaning Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro sammitida qatnashar ekan, Polsha mazkur terrorchi guruhga qarshi kurashishda ishtirok etishi kerakligi xususida bayonot berdi. 

"IShID butun G‘arb sivilizatsiyasi uchun tahdiddir. Unga qarshi global koalitsiyada Polsha ham qatnashishi darkor",- deya tashqi ishlar mahkamasi rahbari so‘zlarini keltiradi PAP axborot agentligi.

"Bizning uyimiz chetda emas. Biz ishtirok etmasak, aralashmasak, xavfsizlikda  bo‘lamiz, deb o‘ylash xomxayoldir. Biz xalqaro hamjamiyat, xalqaro tashkilotlar, YeI va NATO a'zosimiz. Bizning ittifoqchilarimiz ishtirok etib, qurbonlar bermoqda", — deya ta'kidlagan Vashchikovskiy.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha unda "kam kuch bilan ishtirok etadi, bunga Sharq tomondan tahdid sababdir".


 

Ko‘proq yangiliklar: