Myunxenda otishma uyushtirgan qurolli shaxslardan biri otib o‘ldirilgan. Bu haqda mahalliy gazetalardan biriga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq, politsiya otishma 3 nafar qurollangan shaxs tomonidan uyushtirilgani, buni terakt sifatida baholash mumkinligini aytgandi.
Bundan oldinroq, Myunxen politsiyasi Olympia-Einkaufszentrum savdo markazidagi otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. OAV otishma qurbonlari soni 15 nafarligini aytmoqda.
Myunxen politsiyasi butun shahar bo‘ylab "qo‘lga olish" amaliyotini o‘tkazmoqda.