Ukraina IIV kollegiyasi a'zosi, Oliy rada deputati Anton Gerashchenko ukrainalik harbiy xizmatchi Nadejda Savchenkoning Rossiyada sud qilinishini, Rossiya nashrlari bu jarayonni imkon darajasida kengroq yoritgani haqida o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida yozmoqda.
«Rossiya telekanallari va saytlari Savchenko ustidan o‘tkazilgan adolatsiz mahkama jarayonini yashirish o‘rniga, aksincha uni shov-shuvli tarzda namoyish etdi, yoritdi. Bu g‘alatiroq, shunday emasmi? Ana endi qing‘ir ishning qiyig‘i ma'lum bo‘ldi. Ular shu bilan, ukrainaliklar ongida Troyan otini shakllantirishgan», — deb yozadi Gerashchenko.
U shuningdek, «bosqinchilar va terrorchilar»dan kechirim so‘ralmasligini ta'kidlagan.
«Biz tish-tirnog‘imiz bilan yopishib, yerlarimizni turli usullar bilan bo‘lsin, ozod etamiz», — degan Ukraina parlamenti a'zosi.
Avvalroq, Nadejda Savchenko ukrainaliklarni Donbassdagi qurbonlar uchun kechirim so‘rashga chaqirgan edi.