Myunxen metrosining bir qancha yo‘nalishlari shaharda 22 iyul kunining ikkinchi yarmida otishma yuz berganidan keyin yopib qo‘yildi. Shuningdek, shahar jamoat transportining boshqa turlarida ham shunday choralar qo‘llangan.
"Myunxenda metro ishlamayapti! Odamlarning yig‘ilib turishi tavsiya etilmaydi", deya ma'lum qilgan guvohlardan biri o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum shaxs Myunxendagi «Olimpiya» savdo markazi yaqinida o‘t ochishi tufayli 15 kishi halok bo‘lgan.
Hujum qilgan shaxs savdo markazi hududi qolgani taxmin qilinmoqda.
Ayni vaqtda hududda politsiya uni qo‘lga olish uchun keng miqyosli amaliyot olib bormoqda.